TSMC Xitoyda 3 milliard dollarlik zavod quradi

Jahon 18:39 / 30.03.2016 1068

Chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi Taiwan Semiconductor Manufacturing Co. (TSMC) kompaniyasining ma'lum qilishicha, Xitoy hukumati bilan mamlakatda yangi fabrika va tadqiqot markazi qurish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi korxona Xitoyning Nankin shahrida barpo etiladi. Garchi, Xitoy tomoni mazkur loyihani hayotga tadbiq etishda ko‘maklashsada, Tayvan kompaniyasi 3 mlrd dollarlik zavodning yagona egasi bo‘ladi.

Unda har oyda diametri 300 millimetrli 20 ming yarim o‘tkazgichli plastinalar ishlab chiqiladi. Korxona ilk mahsulotlarini 2018 yil ikkinchi yarmida bozorga chiqarishi rejalashtirilgan.

TSMC kompaniyasining Xitoyda yana bir zavodi bo‘lib, unda 200 millimetrli yarimo‘tkazgich plastinalari ishlab chiqariladi. Shanxaydagi korxona ham yuz foiz Tayvan kompaniyasiga tegishli.

Ko‘proq yangiliklar: