Qozog‘iston ichki ishlar vazirligida yo‘llarda radari bo‘lgan politsiyachilarning haydovchilardan yashirinishlari oldi olinishi aytildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
"Avvalboshdan biz hech kim yashirinishi kerak emasligi vazifasini qo‘ygandik. Bu yerda gap politsiyachilar harakatining qonunga to‘g‘ri kelishi haqida emas, balki umuman to‘g‘riligi haqida ketmoqda. Gap ular burchaklar, dov-daraxtlar orqasiga yashirinib turib, keyin birdaniga sakrab chiqishlari haqida ketmoqda", deb aytdi ma'muriy politsiya qo‘mitasi raisi Igor Lepexa.
Lepexaning aytishicha, Olmaota viloyatida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida "shunday qiliqlari" sababli batalon sardori o‘z lavozimidan chetlatilgan.