Oq uy: Rossiya yadroviy sammitda ishtirok etishdan bosh tortib o‘zini yakkalab qo‘ymoqda

Jahon 08:28 / 30.03.2016 872

Oq uyda Rossiya Vashingtonda 1-2 aprelda o‘tadigan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etmaslikka qaror qilib, "imkoniyatni qo‘ldan chiqardi", deb aytildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"Biz Rossiyaning bunday yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etmaslik qarorini qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatdir, deb hisoblaymiz", deb aytdi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ben Rouds.

Shuningdek ta'kidlanishicha, Rossiyaning muzokaralarda ishtirok etmasligi uni faqatgina yakkalab qo‘ymoqda.

"Rost aytadigan bo‘lsak, ular qilayotgan ish – ular avval qilgandek, ishtirok etmasdan o‘zlarini yakkalash bo‘lmoqda", deb qo‘shimcha qildi Rouds. U AQSh va Rossiya hamkorlik va yadroviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni davom ettirishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko sammitda Rossiya Qrimda yadroviy qurolni joylashtirmoqchi ekanligi haqida nutq so‘zlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: