NATOda Shoygu samolyoti ta'qib qilingani sabablari ma'lum qilindi

Jahon 08:41 / 30.03.2016 1747

NATOda alyansning qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi ustida Rossiyaning uchta samolyoti – ikkita Su-27 va bitta Tu-154 samolyotini Su-27 samolyotlari parvoz etishning xalqaro me'yorlariga rioya qilmagani sababli kuzatib borgani ma'lum qilindi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"28 martda NATO radarlari Boltiq dengizi xalqaro hududlari ustida uchta samolyot: Rossiyaning ikkita harbiy samolyoti Su-27 va transport samolyoti Tu-154 ni aniqladi. Su-27 samolyotlari parvoz rejasini taqdim qilmadi, dispetcherlar bilan aloqaga chiqmadi va transponderlarni ishlatmadi. Tu-154 samolyoti parvoz rejasini taqdim qildi va transponderni ishlatdi", deb xabar bermoqda NATO vakili va alyans "parvoz etishning xalqaro me'yorlariga rioya qilmaydigan, NATOga a'zo davlatlar havo hududiga yaqinlashayotgan harbiy va fuqarolik samolyotlariga javob berishini" ta'kidladi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu samolyotining Kaliningradga Boltiq dengizidagi neytral hudud ustidan parvozi vaqtida ikkita Su-27 samolyoti kuzatib borgan, 2 km ortda esa ularni NATOning Eurofighter harbiy samolyotlari ta'qib qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: