Myanmaning yangi prezidenti Txin Chjo qasamyod qabul qildi

Jahon 17:54 / 30.03.2016 1586

2015 yilning 15 mart kuni Myanmada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Mamlakat yangi prezidenti etib saylangan 69 yoshli Txin Chjo bugun qasamyod qabul qildi. Tadbir poytaxt Neypido shahridagi mamlakat parlamenti — Milliy qonun chiqarish yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi. Prezident Txin Chjodan tashqari, uning ikki nafar o‘rinbosari – Qurolli kuchlar vakili general Min Sve va quyi parlament sobiq deputati Genri Van Txilar ham qasamyod qabul qildi.

Shundan so‘ng, prezident saroyida hokimiyatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi prezident Teyn Seyn rasmiy ravishda hokimiyatni yangi prezidentga topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Txin Chjo rasman prezidentlikka 1 aprel kuni kirishadi.

Ko‘proq yangiliklar: