Misr prokurori Kipr hukumatidan Sayf ad-Din Mustafoni topshirishni so‘radi

Jahon 19:15 / 30.03.2016 970

Misr prokurori Kipr hukumatiga 29 mart kuni Egypt Air aviakompaniyasining Airbus A320 samolyotini garovga olib, Larnakaga olib ketgan shaxsni garovga olishni so‘rab, murojaat yuborgan. Bu haqda Misr davlat telekanaliga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyotni portlatib yuborish tahdidi bilan Kiprga olib ketgan Sayf ad-Din Mustafo ayni vaqtda Kiprda 8 kun muddatga qamoqqa olingan va so‘roq bermoqda.

Biroz oldinroq, uning samolyotni garovga olishiga Kiprdagi oilasini borib ko‘rish istagi sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Kiprda uning sobiq rafiqasi hamda 3 nafar farzandi yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni Misr vaqti bilan soat 8:30da bortida 51 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yo‘lovchi samolyoti noma'lum kimsa tomonidan qo‘lga olingan edi. Samolyot Kiprning Larnaka aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.

Kipr TIV vakili Aleksandros Zenonning bildirishicha, rasmiylar so‘roq yakunlaridan so‘ng uning terrorchi emas, ruhiy beqaror kishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.

Ko‘proq yangiliklar: