Bentley Flying Spur avtomobili Baykal ustidagi muzda tezlik rekordini o‘rnatdi

Fan-texnika 09:56 / 30.03.2016 1891

Bentley Russia kompaniyasi 12 silindrli Flying Spur sedanini yangi rekord o‘rnatish maqsadida Baykal ko‘liga olib keldi.

Bentley avtomobilsozlik kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi Baykal ustidagi muzda 1000 km dan ko‘proq masofada o‘rtacha tezlik rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Zayezdlar 24 martda hashamatli Bentley Flying Spur W12 sedanida 8,7 km lik halqalangan trassada o‘tkazildi, bu trassa Olxon oroli yaqinidagi muz ustidan o‘tdi. Bentley ekipaji 1006 km lik yo‘lni 11 soatu 1 daqiqada bosib o‘tib, o‘rtacha 94 km/soatlik tezlikni ko‘rsatdi. Ushbu natija rekord natija bo‘ldi va u Rossiya rekordlar kitobida qayd qilinishi kutilmoqda.

Bir qaraganda, bu raqam hayratlanarli bo‘lib ko‘rinmaydi, ayniqsa 300 km dan yuqoriroq tezliklar haqida gap ketganda. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, avtomobil yo‘lni bosib o‘tish vaqtida belgilangan muz trassasidan chiqib ketmadi, ekipaj esa faqatgina yoqilg‘i quyish va pilotlarni almashtirish uchungina to‘xtadi. Boz ustiga, Baykal nafaqat rekordchilarning "qizg‘in poygasi", balki g‘ayritabiiy iliq ob-havo tufayli ham erishda davom etdi. Dunyodagi eng chuqur ko‘lning sirti kunduzi suv qatlami bilan qoplanib turdi, shuning uchun shinalarning ilashish koeffitsiyenti deyarli nolga yaqin bo‘ldi.

Bu zayezdda o‘rtacha tezlikning katta qismi aynan to‘xtashlar hisobiga kamayib yetdi, vaholanki Bentley ekipajining maksimal tezligi 239 km/coatni tashkil qildi, mashg‘ulotlar vaqtida esa 262 km/soatga yetdi.

Ta'kidlash joizki, o‘rtacha tezlik rekordi Bentley Flying Spur W12’ning seriya variantida, hech qanday takomillashtirishlarsiz, seriyali variantida qo‘llangan, maxsus qoplamasiz shinalarda o‘rnatildi.
Lyuks sinfidagi sedanning turbonadduvli 6,0 litrli dvigateli quvvati 507 ot kuchiga va 660 Nm aylantirish lahzasiga erisha oladi.

Ko‘proq yangiliklar: