Avstraliya Ukrainaga uran yetkazib berishni boshlaydi

Jahon 10:20 / 30.03.2016 1539

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop Avstraliya Vashingtondagi yadroviy sammit oldidan Ukraina bilan atom elektrostansiyalarida qo‘llash uchun uran yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni imzolaydi, deyilmoqda tashqi ishlar vazirligi saytida.

"Sammit oldidan men Ukraina bilan atom energetikasi uchun uran yetkazib berishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik haqidagi kelishuvni imzolayman", deyilmoqda Bishop bayonotida.

Bishop, shuningdek, Avstraliya shunday kelishuvlarga Kanada, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSh bilan egaligini ta'kidlab o‘tdi.

Vashingtondagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit 1-2 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: