29 mart oqshomida Yevropa yashil maydonlarida o‘rtoqlik uchrashuvlari davom etdi. Bir necha kun oldin Germaniya terma jamoasini safarda mag‘lub etgan Angliya terma jamoasi o‘z maydoni "Uembli" o‘yingohida Niderlandiyani qabul qildi va kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
"Lester" hujumchisi Jyeymi Vardi bu safar ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘limda hollandlar g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira olishdi.
O‘rtoqlik o‘yini
Angliya – Gollandiya 1:2
Gol: 40 Vardi – 50, penalti Yanssen, 76 Narsinh.
Angliya – Forster, Stounz, Rouz (Klayn, 57), Smolling (Jagelka, 70), Uoker, Drinkuoter, Lallana (Keyn, 70), Milner, Barkli, Vardi, Starrij (Uolkott, 57)
Niderlandiya – Zut, Villems, Veltman, Bruma, Blind, Promes (Narsinh, 36), Veynaldum, Bazur (van Ginkel, 78), Afellay, Depay, Yanssen.