«Aeroflot» kompaniyasining Pxuket (Tailand) shahridan Moskvaga Su0275 reysini amalga oshirayotgan A330 samolyoti Toshkent aeroportida majburan qo‘ndi. Bu haqda aeroportdagi manbalariga asoslanib, Sputnik xabar bergan.
Manbaning yozishicha, favqulodda qo‘nishning sababi samolyot yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani bo‘lgan. Ushbu yo‘lovchi uchun tez yordam chaqirilgan.
Aeroport ma'umuriyatining kun.uz saytiga ma'lum qilishicha ayni vaqtda samolyot Moskvaga uchib ketgan.
Samolyot Toshkentga soat 15:20da qo‘ngan, 16:30da havoga ko‘tarilgan.