Abdulaziz Komilov Shtaynmayyer bilan uchrashdi

O‘zbekiston 18:41 / 30.03.2016 1677

30 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ikki kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashdi.

"Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishdi hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim muammolar yuzasidan fikr almashishdi", deb xabar qiladi vazirlikning axborot xizmati.

Muloqot davomida ayni paytda Germaniya raisligidagi YXHT kun tartibining dolzarb masalalariga, shuningdek O‘zbekiston va Germaniyaning ushbu tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorligining hozirgi holati va istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda Germaniya elchisi Naithart Xyofer-Vissing qatnashdi.

Ko‘proq yangiliklar: