Xitoyning Shanxay shahridagi bino egalari unga mamlakat rahbari Si Tszinpinning o‘nlab suratlarini yopishtirib chiqishdi. BuzzFeed nashrida yozilishicha, ular bu orqali binoni buzib tashlanishdan saqlab qolmoqchi bo‘lishgan.
South China Morning Post nashrining yozishicha, bu ikki qavatli bino noqonuniy ravishda qurilgan deb tan olingan.
Ushbu ulkan san'at asarining hayoti uzoq davom etmagan. O‘sha kuni kechasi maxsus ishchilar bino devorlaridan suratlarni ko‘chirib olishgan.
Qayd etilishicha, bu manzara Windows XP ish stolini eslatib yuborardi.
#China president Xi Jinping's mug used as a weapon against demolition of this building in Shanghai. pic.twitter.com/pqvBuBfpSl
— Eunice Yoon (@eyoonCNBC) 26 marta 2016 g.