Xitoy Xalq banki mamlakat moliya tizimiga 9,2 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ chiqardi

Iqtisodiyot 10:13 / 29.03.2016 2098

Xitoy markaziy banki (Xalq banki) mamlakat moliya tizimiga 60 mlrd yuanni (9,22 mlrd AQSh dollariga yaqin) muomalaga kiritdi.

Ushbu moliyaviy amaliyot qaytuvchi repo sifatida amalga oshirilgan. Bunda qimmatli qog‘ozlar belgilangan narxda qayta sotish majburiyati bilan xarid qilinadi. Bank tomonidan e'lon qilingan xabarnomada shu haqda ma'lum qilingan. 

Xalq banki repo amaliyotini 2,25 foizlik daromadi bilan 7 kunlik muddatga amalga oshirdi.

Xitoy markaziy banki shu usul vositasida mamlakat moliya bozoriga so‘nggi haftada 95 mlrd yuan (14,6 mlrd dollar) kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: