Xitoy Xalq Respublikasida Suriya mojarolari bo‘yicha birinchi marta maxsus vakil tayinlandi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xun Ley ma'lum qildi.
“Xitoy hukumati yaqinda Suriya muammolari bo‘yicha Se Syaoyanni XXRning maxsus vakili etib tayinladi”, — dedi Xun Ley.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya bo‘yicha maxsus vakilning vazifalariga Suriya inqirozining tez orada hal etish maqsadida “tinchlik muzokaralari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish” va “barcha manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni mustahkamlash” kiradi.
Ma'lumot uchun: Se Syaoyan avval Eron, Efiopiya va Afrika Kengashi elchixonalarida rahbarlik qilgan.