Shu yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlisda Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘riniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi saylovi bo‘yicha 2016 yil 26 mart kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan, S.Abdullayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadjon Usmonov 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga shu vaqtgacha viloyatning Zangiota tumaniga hokimlik qilib kelgan Sodiq Abdullayev tayinlangan edi.
Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Toshkent viloyatining sobiq hokimi Ahmadjon Usmonov senatorlik vakolatidan mahrum bo‘ldi