Germaniyaning Turkiyadagi elchisi Martin Erdman 22 martda Turkiya tashqi ishlar vazirligiga nemis televideniyesidagi hajviy ko‘rsatuv sababli chaqirtirildi Bu haqda 28 martda Der Spiegel jurnali o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Extra 3 ko‘rsatuvi ARD telekanalida 17 martda efirga uzatilgan. Unda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an siyosatiga bag‘ishlangan hajviy videorolik ham ko‘rsatilgan.
2 daqiqa davom etuvchi videorolik mualliflari Erdo‘g‘anning "hashamatli yashash istagini" hamda matbuot erkinligi va mamlakatdagi demokratik tamoyillarni tahqirlashi ustidan mazah qilganlar. " Erdo‘g‘anga yoqmaydigan narsa haqida yozuvchi jurnalist, ertasigayoq panjara ortiga tushadi", deyilmoqda rolikda.
Der Spiegel Turkiya tashqi ishlar vazirligi xodimlarining Germaniya elchisi bilan suhbati tafsilotlarini keltirmagan. Nashr faqatgina suhbat uzoq davom etganini qayd qilib o‘tgan.