"Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi yo‘l rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston 20:35 / 29.03.2016 1227

Ispaniyaning Corviam Construccion SA kompaniyasi 2016 yil dekabrigacha "Toshkent-O‘sh" (A-373) avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidagi qismini rekonstruksiyalashni yakunlaydi, deb xabar bermoqda "O‘zavtoyo‘l" AK vakili.

Manbaning aytishicha, rekonstruksiya ishlari hududning murakkab iqlim va gidrogeologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, shu sababli loyiha muddatlari ko‘chirildi.

"Yo‘lni rekonstruksiyalash ishlarini dekabrga yakunlash rejalashtirilmoqda va qishgacha bizda Qamchiq orqali yangi yo‘l bo‘ladi", deb aytdi manba.

2012 yil iyulida Corviam Construccion SA boshchiligidagi konsorsium O‘zbekiston hukumati bilan "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi yo‘lni reknstruktsiya qilish bo‘yicha 139 mln dollarlik shartnoma imzolagandi. Shartnoma doirasida konsorsium 58 km lik yo‘lning rekonstruksiyasini amalga oshiradi va 2 polosali asfalt qoplamani 4 polosali sement-beton qoplamaga almashtiradi. Ushbu shartnomani dastlab 2014 yilning yakunigacha amalga oshirish mo‘ljallangandi. Konsortsium tarkibiga ispan kompaniyasidan tashqari, O‘zbekistonning "Elektrtarmoqqurilish" korxonasi ham kirgan.

Umumiy qiymati 211,3 mln dollarlik loyihada yo‘lning 74 km (yo‘lning 116-190 km lari) uzunlikdagi qismida 2 polosali asfalt qoplamani 4 polosali sement-beton qoplamaga almashtirish ko‘zda tutilgan. 16 km yo‘l qismidagi ishlarni pudratchilik asosida "O‘zavtoyo‘l" bo‘linmalari bajaradi. Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 167,2 mln dollarlik krediti va O‘zbekiston mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: