Olland: futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida xavfsizlik darajasi maksimal bo‘ladi

Sport 21:05 / 29.03.2016 1283

Fransiya prezidenti Fransua Olland Fransiya sport va jismoniy rivojlanish milliy institutiga tashrifida Fransiya mamlakatga futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionati vaqtida tashrif buyuradigan barcha muxlislarning maksimal xavfsizligini ta'minlashini aytdi.

"Xavfsizlik darajasi maksimal bo‘ladi. Fransiyaga iyunda kelishga qaror qiladiganlarning xavfsizligini ta'minlash bizning davlat sifatidagi burchimizdir va biz bu masalada hech qanday murosaga bormaymiz. Biz 7 mln ga yaqin sayyohni kutmoqdamiz, ulardan 2,5 mlni o‘yinlarga tashrif buyuradi, yana 5 mlni musobaqa o‘tadigan shaharlarda joylashadi.

Yevro-2016 doirasidagi barcha rejalashtirilgan tadbirlar maksimal darajadagi xavfsizlik bilan o‘tkaziladi. Biz terrorchilar bosimi va ularning tahdidlari sababli hech qachon musobaqaning ko‘chirilishi yoki bekor qilinishini mo‘ljallamaganmiz", deb Ollandning aytgan so‘zlarini keltirmoqda L'Equipe nashri.

"Biz Yevropa chempionatida fan-zonalarimizga kelmoqchi bo‘lganlarni mamnuniyat bilan kutib olamiz, biroq shu bilan birga muxlislardan xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini talab qilamiz", deb qo‘shimcha qildi Olland.

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals chempionat vaqtida muxlislar uchun mo‘ljallangan zonalarda vaziyat xavfsiz bo‘lishini ta'kidladi.

Avvalroq Olland 29 martda Fransiya va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuviga kelmasligi ma'lum qilingandi. Parijdagi "Stad de Frans" maydonida o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00.00 da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: