Misr shimolidagi Aleksandriya shahridan mamlakat poytaxti Qohiraga uchishni amalga oshirayotgan EguptAir aviakompaniyasiga tegishli A-320 rusumli yo‘lovchi samolyoti noma'lum shaxs tomonidan garovga olingan. U qurollangan ekani aytilgan.
Reyter agentligining mahalliy manbalarga asoslanib xabar qilishicha, samolyot Kiprdagi Larnaqi aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyot bortida 81 kishi bo‘lgan.