Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi uy stadioni «Old Trafford» sig‘imini 80 ming kishiga oshirishni mo‘ljallab turibdi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatdi.
Klub qurilish ishlarini 2017 yilda yozida boshlashni reja qilgan. APL yangi qoidalariga ko‘ra, jamoalar stadionda jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun ham joy ajratishi majburiy qilib qo‘yilgan. Natijada stadionning hozirgi sig‘imi 3 mingga qisqarib (75,5 ming) ketadi.
«MYu» esa Bobbi Charlton nomidagi 7500 o‘rinli tribunaning yana 8 mingga kengaytirishni maqsad qilgan.