Kiprliklar Misr samolyotini garovga olgan shaxs bilan muzokara boshladi

Jahon 12:14 / 29.03.2016 920

29 mart kuni Aleksandriya shahridan Qohiraga uchishga chiqqan samolyot yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olinib, Kiprga keltirilib, Larnaqi aeroportiga qo‘ndirilgach, mahalliy hukumat samolyotni garovga olgan shaxs bilan muzokaraga kirishdi. Bu haqda Misr aviatsiya vazirligi ma'lum qilgan.

"Larnaqi aeroporti rahbariyati Egypt Air aviakompaniyasi samolyotini garovga olgan erkak bilan aloqa o‘rnatib, muzokara boshlagan", deyiladi xabarda.

Kipr hukumati bu hodisa tufayli favqulodda ravishda koordinatsiya markazi tashkil qilgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, samolyot bortida 81 kishi bo‘lgan. Keyinroq, garovga oluvchi samolyot bortidagi ayollar va bolalarni qo‘yib yuborgani aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: