Kipr prezidenti: Misrning A320 samolyoti garovga olinishi terrorchilikka aloqador emas

Jahon 16:10 / 29.03.2016 840

Kipr prezidenti Nikos Anastasiadisning bayonotida aytilishicha, 29 mart kuni tongida Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyoti garovga olinib, Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘ndiirilishi terrorchilikka aloqador emas. Bu haqda u maxsus o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan so‘zlarga asoslanib, RIA «Novosti» xabar bergan.

«Hamisha bunday ishlar ayollar tufayli ro‘y beradi. Gap terrorchilikka aloqador bo‘lmagan narsa haqida ketmoqda», — dedi u matbuot anjumani chog‘ida.

Bundan oldinroq, samolyotni kelib chiqish misrlik bo‘lgan AQSh fuqarosi, Atlanta universiteti professori Ibrohim Samaha ekani aniqlangandi.

Gretsiyaning «Proto tema» gazetasi xabariga ko‘ra Larnaka aeroporti ma'muriyati va professor o‘rtasidagi muzokaralar vaqtida professor o‘zining sobiq rafiqasi, ayni vaqtda Kiprda yashayotgan ayol bilan uchrashtirishni so‘ragan. Politsiyachilar Mariya Parasxu ism-sharifli bu ayolni topishgan va ayni vaqtda uni aeroport hududiga olib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni tongida Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining talabi bilan yo‘nalishni o‘zgartirib, Kiprning Larnaka shahriga borib qo‘ngani haqida ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: