Fransiyada 15 ming dona tuxumdan quymoq tayyorlandi

Jamiyat 16:44 / 29.03.2016 1409

The Local nashrining xabar berishicha, Beser fransuz qishlog‘ida 15 ming dona tuxumdan pasxa quymog‘i tayyorlangan. Bu an'anaga 40 yildan oshdi.

Bu safar mazkur jarayonda 50 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Quymoqdagi barcha tuxumlarni chaqish uchun bir yarim soatcha vaqt ketdi. Yegulikka bir necha kilogramm o‘rdak yog‘i, tuz va murch ishlatildi.

Quymoq 30-40 daqiqa davomida qovurildi. Uning ta'mini ko‘rishga 10 ming kishi to‘plandi.

Ma'lumot uchun: Pasxa quymog‘ini tayyorlash an'anasi 1973 yilda Beserda paydo bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: