AQSh vitse-prezidenti Bayden Turkiya prezidenti bilan Vashingtonda uchrashadi

Jahon 22:15 / 29.03.2016 830

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 31 martda Vashingtonda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Turkiya yetakchisi vakillarining ma'lum qilishicha, Erdo‘g‘an 29 martda AQShga yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi. U AQShda 2 aprelgacha bo‘ladi. Erdo‘g‘an "uchrashuvda yadroviy xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda Parij, Istanbul, Anqara va Bryusseldagi teraktlarni muhokama qilmoqchi va mintaqaviy mavzular bo‘yicha fikr almashmoqchi".

Sammit Vashingtonda 31 mart-1 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: