So‘nggi vaqtlarda aktyor Alisher Uzoqov haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Ba'zilar uni vafot etgani haqida gapirsa, yana kimlardir og‘ir betob degan xabarlar tarqatdi. Shuningdek, aktyorning sochlari to‘kilib ketganligi sababli endi kino o‘ynamaydi, degan mish-mishlar ham "bolaladi".
Uzoq vaqtgacha sukut saqlagan aktyorning sabr kosasi to‘lgan shekilli, bugun u o‘zining instagramdagi sahifasi orqali o‘z muxlislariga xabar qoldirdi:
“Do‘stlar, men tirikman! Sog‘man! Ha, shu bilan birga men kalman!!!”
Shu kunlarda Alisher Uzoqov boshqa san'atkorlar bilan birga yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan "Biz–buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.