30 mart kuni YeXHT raisi O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 10:29 / 29.03.2016 1156

30 mart kuni Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati ma'lum qilgan.

Tashrif davomida Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov bilan uchrashadi. Shuningdek, u O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: