2016 yili O‘zbekistonda sabzavotlar eksporti uchun 5ta logistika markazi tashkil etiladi

Iqtisodiyot 10:47 / 29.03.2016 4733

"O‘zulgurjisavdoinvest" assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston 2020 yilgacha sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va tashishga ixtisoslashgan 17ta logistika markazlarini qurishini rejalashtirmoqda.

2016 yilda respublika hududlarida 5ta ana shunday markaz ish boshlaydi. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ma'muriyati ularning qurilishiga yer ajratdi.

Loyihaning umumiy qiymati deyarli 120 milliard so‘mga baholanmoqda. Logistika markazlarining qurilishi shaxsiy xarajatlar va bank krediti hisobiga olib boriladi.
Bunday markazlar sabzavot mahsulotlarini o‘z vaqtida va sifatli qayta ishlash imkonini beradi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining saqlanishiga yanada keng shart-sharoit yaratadi, shuningdek, tez va qulay eksportni yo‘lga qo‘yadi.

Manbaning xabar berishicha, tomonlarning hamkorlik bitimiga ko‘ra tashkilot tizimida 60ta ulgurji savdo bazalari va korxonalari faoliyat yuritmoqda. Sotib olingan mahsulotni korxonalarda saqlash uchun assotsiatsiyada 116 ming kvadrat metr salqinlashtirilmagan maydon va 75 ming tonna salqinlashtirilgan omborlar mavjud.

2016-2020 yillar mobaynida "O‘zulgurjisavdoinvest" 325 ming tonna meva va sabzavotlar saqlanuvchi salqin hududni kengaytirish niyatida. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun 125 milliard so‘m mablag‘ sarf qiliniishi rejalashtirilmoqda.

Bundan avvalroq, 2016 yilda O‘zbekistonda to‘rtta logistika markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: