2015 yil O‘zbekistonda 1,5 mlrd tonnadan ortiq yuk tashildi

O‘zbekiston 15:27 / 29.03.2016 1724

2015 yil yanvar-dekabr oylari mobaynida O‘zbekistonning barcha transport vositalari yordamida 1,534 mln. tonna yuk tashilgan, bu 2014 yil bilan qiyoslaganda 5,1 foizga ko‘pdir.

“UzDaily.uz”ningDavlat statistika qo‘mitasiga tayangan holda xabar qilishicha, o‘tgan yili jami yuk aylanmasi 88,9 mlrd. tonna-kilometrni tashkil etgan va 3,7 foizga o‘sgan.

Avtomobil transporti vositasida tashilgan yuklar hajmi 1398,5 mln. tonnani tashkil etib, 5,4 foiz ko‘tarilgan bo‘lsa, yuklar aylanmasi ko‘rsatkichi 7,9 foizga o‘sib, 33,9 mlrd. tonna-kilometrga yetgan.

Xususiy tadbirkorlarning yuk tashish hajmi 7,5 foizga o‘sgan va 25,6 mlrd. tonna-kilometrni tashkil etgan.

Xususiy yuk tashuvchilarning avtomobil transportidagi ulushi 2014 yildagi 75,7 foizdan 75,5 foizga pasaygan.

Havo transporti orqali 24,5 ming tonna yuk manziliga yetkazilgan. Bu 2014 yilga nisbatan 6,2 foizga o‘sishni anglatadi.

Magistral quvurlarda yuk yetkazish aylanmasi 2,1 foizga oshib, 31,9 mlrd. tonna-kilometrni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: