Venesuelada Pasxa bayrami nishonlanishi munosabati bilan o‘lpon sifatida odatga ko‘ra taniqli siyosatchilar tulumi (qo‘g‘irchoq shaklidagi ko‘rinishi) yoqib yuborildi, deb xabar bermoqda El Nacional nashri.
Janubiy Amerika davlatlarida urf bo‘lgan odatga ko‘ra, bu kuni "Iudalar (sotqinlar) yoqilishi" deb ataluvchi marosim bajariladi.
Ta'kidlanishicha, bunday "o‘lponga" Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning an'anaviy raqibi, AQSh prezidenti Barak Obama munosib topilib, ularning tulumlari yoqib yuborildi.
Siyosatchilarning tulumlari turli siyosiy kuchlar – Venesueladagi amaldagi hokimiyat tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar tomonidan yoqib yuborilgan. Tarafdorlar mos ravishda Obama tulumini, qarshilar esa Maduro tulumini yoqishgan.
Shuningdek, shu kunda mamlakatning muxolif parlamenti rahbari Enri Ramos, Markaziy bank raisi Nelson Merentes va bosh prokuror Luisa Ortega Dias tulumlari ham yoqildi.