Rossiya terma jamoasi joylashgan Parij yaqinidagi mehmonxona qattiq qo‘riqlanmoqda

Sport 10:04 / 28.03.2016 2031

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Parijga kelib joylashgan mehmonxonasi kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda.

TASS agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, Renaissance Paris Hippodrome de St. Cloud mehmonxonasi atrofida bir necha politsiyalar guruhi navbatchilik qilmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari avtomatlar bilan qurollangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Fransiya terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuv 29 mart kuni Parijning chekka hududidagi Sen-Deni shahridagi Stade de France stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: