Putin Asadga Suriyadagi hududlarni ozod etishda yordam berish davom ettirilishiga va'da berdi

Jahon 00:15 / 28.03.2016 905

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali suhbatda Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyaga terrorchilikka qarshi kurashida yordam berishni davom ettirishiga va'da berdi. Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

"Putin Suriyadan Rossiya harbiy kontingentining asosiy qismi olib chiqilganiga qaramasdan, Rossiya qurolli kuchlari Suriya hukumatiga terrorchilikka qarshi kurashida va o‘z yerini terrorchilik guruhlaridan ozod etishida yordam berish davom ettirilishini yana bir ta'kidlab o‘tdi", deb aytdi Peskov.

Peskovning ta'kidlashicha, "Asad Rossiya harbiy-koinot kuchlari yordamiga yuqori baho berdi va Palmira kabi shaharning ozod etilishi Rossiya ko‘magisiz mumkin bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tgan".

"Asadning aytishicha, neft uchun kurash ketayotgani ayondir, biroq uning ta'kidlashicha, neft hamma yerda bor, biroq Palmira yagonadir", deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Ko‘proq yangiliklar: