Pokistondagi terakt qurbonlari soni 69 nafarni tashkil qilmoqda

Jahon 09:06 / 28.03.2016 1758

Pokistonning eng yirik shahri Lahordagi bolalar bog‘ida terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 69 nafarga yetdi. Bu haqda Sinxua xabar tarqatgan.

Bundan oldin qurbonlar soni 50 nafar atrofida ekani aytilgandi.

Qayd etilishicha, portlash tufayli jarohatlanganlar soni 300 nafardan oshgan. Jabrlarnuvchilarning aksar qismi bolalar va ayollar ekani aytilgan.

Lahor shahri politsiyasi koordinatori kapitan Usmonning ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida 23 bola halok bo‘lgan, yana 56 bola jarohatlangan holda shahar jamoat shifoxonasiga olib borilgan.

Shahar politsiyasi bosh inspektori o‘rinbosari Haylar Ashraf ma'lumotiga ko‘ra, terrorchi o‘zining shahardagi onalar bolalari bilan tashrif buyuradigan xiyobonga kiraverishdagi avtoturargohda portlatib yuborgan.

Ayni vaqtda shifoxonaga olib borilganlar orasida o‘nlab kishilarning ahvoli og‘irligi, qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan. Shaharda tez tibbiy yordam mashinalari yetishmasligi tufayli jarohatlanganlarni shifoxonalarga taksilarda va rikshalarda tashishgan.

Pokistonda bolalar bog‘ida portlash yuz berdi

"Tolibon" Lahordagi portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi

Ko‘proq yangiliklar: