O‘zbekiston tezkor poyezdlarga ega davlatlar reytingida AQSh va Finlyandiyadan oldingi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 10:14 / 28.03.2016 1557

O‘zbekiston yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga ega 20 mamlakat ichida tuzilgan reytingda 17 o‘rinni egalladi. Reyting GoEuro talqini bo‘yicha Global High-Speed Train Ranking ko‘rinishida tuzib chiqilgan.

Mazkur reyting asosini poyezdlarning rekord tezligi, operatsion tezligi, shuningdek temiryo‘l yo‘nalishi va aholining qamrovi va 1 kmga masofada aholiga nisbatan xarajat ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonda poyezdning eng yuqori tezligi 255 km/soatni (17 ko‘rsatkich), operatsion tezlik esa 250 km/soatni (13 o‘rin) tashkil qilgan.

O‘zbekistonda temiryo‘l yo‘nalishida tezyurar poyezdlarning ulushi 8,21 foizni tashkil etadi (6 o‘rin). Natijada GoEuro talqiiniga ko‘ra, O‘zbekistonning 9,01 foiz aholisi tezyurar poyezddan foydalanish imkoniyatiga ega (16 o‘rin).

GoEuro`ning qayd etishicha, O‘zbekiston aholisi tezyurar poyezdning 1 km masofasi uchun 0,18 yevro sarflaydi (11 o‘rin).

Reytingda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kuchli uchlikni egallashgan. AQSh 19 o‘rinda. Finlyandiya esa so‘nggi 20 o‘rinda qayd qilingan. Rossiya 15 pog‘onani egallab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: