Iroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralar boshladi

Iqtisodiyot 22:28 / 28.03.2016 1197

Iroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan muzokaralar boshladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri ma'lum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, "Iroq XVJ vakillari bilan moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokara jarayonini boshladi". Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralar 27 martda boshlandi va 28 martda yakunlandi. Iroq delegatsiyasi tarkibiga moliya vaziri, Markaziy bank rahbari, neft vazirligi, elektr energetikani rejalashtirish vazirligidagi yuqori lavozimli mansabdor shaxslar kirgan. Iroqqa mablag‘lar taqdim qiluvchi donorlar sifatida XVJdan tashqari, "Jahon banki, AQSh va Yaponiyaning xalqaro rivojlanish agentligi" chiqmoqda.

Muzokaralarda "Iroq XVJ kreditlash dasturlariga qo‘shilishni muhokama qildi, bu mamlakatga iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham jamg‘armaning o‘zidan, ham boshqa moliya-kredit inrstitutlaridan moliyaviy mablag‘larning olishi imkoniyatini taqdim qiladi.

O‘tgan haftada Iroq Markaziy banki vakili XVJ bilan muzokaralar olib borilishini, unda "Bag‘dodga uzoq muddatli kredit" berish masalasi muhokama qilinishini ma'lum qilgandi. Markaziy bank xodimi Iroq nafaqat neft narxi tushishidan, balki IShIDga qarshi urush olib borayotgani sababli jiddiy inqirozda bo‘lgani sababli Bag‘dod XVJ tomonidan moliyaviy ko‘mak olishga umid qilishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: