Suriyaning Palmira shahrining IShID jangarilaridan ozod etilishi Suriyadagi vaziyat Rossiya aralashuvidan keyin qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatadi, deb yozmoqda g‘arb matbuoti.
Palmiraning ozod etilishi Suriya hukumati uchun muhim strategik rol o‘ynaydi, deb yozmoqda G‘arbning nufuzli nashrlari. Washington Post gazetasining ta'kidlashicha, YuNeSKO jahon merosi ro‘yxatiga kiruvchi qadimiy shaharning qo‘lga kiritilishi Bashar Asad uchun muhim g‘alaba bo‘ldi. Gazetada bu g‘alaba "jangarilarga katta talofat yetkazib, Asadning mavqeini mustahkamlagan" Rossiyaning g‘alabasi ham deyilgan.
"Bu jang Rossiya aralashuvi Asadning mavqeini qanchalik o‘zgartirganini navbatdagi marotaba ko‘rsatdi", deb yozmoqda WP New York Times.
Xuddi shunday fikrni The Guardian britan nashri keltirmoqda. Nashr sharhlovchilari Palmiraning ozod etilishi Damashq va Moskvada "jangovar ruhni ancha oshiradi" deb ta'kidlamoqdalar.
Suriyada inson huquqlariga amal qilinishini monitoring qilish markazi mutaxassislari IShID jangarilari 2013 yilda "halifalikni" e'lon qilganidan keyin eng katta mag‘lubiyatga uchraganini aytmoqda.
"Asad uchun Palmiraning qaytarib olinishi ramziy va strategik ahamiyatga ega. Uning qo‘shinlari endi Raqqaga hujum qilish uchun yaxshiroq pozitsiyalarni egalladilar", deb yozmoqda Die Zeit nemis nashri.
Ekspertlarning fikricha, IShIDning Palmirada mag‘lubiyatga uchrashi uning "katta Suriya cho‘li" ustidan nazoratni yo‘qotishiga olib keladi.