Co‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tarqalgan surat asosida O‘zbekistonda 10 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqida muhokama qila boshlashdi.
Feysbuk, tvitter va telegramda tarqalgan qizg‘ish suratda ko‘rish mumkinki, kupyuradan o‘rin olgan gerb ostidagi yulduz 8 emas, 7 qirrali. Shrift ham odatdagidek emas va unda lotin tilida "AMIR TEMURNING 680 YILLIGI" yozuvi bor.
Sayt tahriyati O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati bilan bog‘langanida tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan surat soxtaligi va yaqin vaqt ichida yangi kupyura muomalaga kiritilishi ehtimoli yo‘qligi ma'lum qilindi.
Ma'lumot uchun, hozirgi vaqtda o‘zbek so‘mining eng katta qiymatli kupyurasi 5 000 so‘m hisoblanadi. Mazkur kupyura 2013 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilgan.
Bundan tashqari, 1994 yildan beri 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik kupyuralar ham muomalaga chiqarilgandi.