Jangarilardan ozod qilingan Suriyaning Palmira shahridagi qadimiy yodgorliklar albatta tiklanadi, deb aytdi Suriya madaniyat vaziri Isom Halil. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz jangarilar tomonidan Palmira yodgorliklariga yetkazilgan zararga baho beramiz, ularni restavratsiya qilamiz va ularni avvalgi holatiga qaytarishga va'da beramiz", deb aytdi Halil.
Uning aytishicha, asori-atiqalarning bir qismi Palmira bosib olinishidan avval olib chiqib ketilgan.
Suriyaning obidalar va muzeylar departamenti rahbari Ma'mun Abdulkarim Palmiraning tiklanishi imkoni borligini aytdi.
2015 yilda jangarilar Qadimgi Rim davriga mansub bo‘lgan Zafar arkasi (Triumfal arka) hamda Ba'lshamin va Bal ibodatxonalarini portlatib yuborishgan va ko‘plab arxitektura yodgorliklarini talon-taroj qilishgan.