Sapyorlar Palmiradagi tarixiy obidalarni minalardan tozalashmoqda

Jahon 14:59 / 27.03.2016 1406

Suriyalik maxsus harbiy xizmatchilar Palmira shahrining tarixiy qismini minalardan tozalash ishlarini boshlagan. RIA Novostining Suriyadagi muxbiri xabariga ko‘ra, IShID jangarilari hududni tashlab chiqishdan oldin qadimiy obidalar atrofiga minalar joylashtirib chiqqan.

Bundan oldinroq, Palmiraga yurishni boshqarib borgan qo‘mondonlik Palmiradagi ko‘chalar va uylarda Suriya armiyasi sapyorlari tomonidan minalarni bartaraf etish ishlari olib borilayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Ayni vaqtda shahar bo‘ylab harakatlanish to‘xtatib qo‘yilgan. Harakatlanishga faqat shahardagi asosiy masjidga olib boruvchi yo‘lda ruxsat etilgan.

Shaharning tarixiy obidalar joylashgan qismida katta miqdordagi portlovchi moddalar o‘rnatilgani ehtimoli borligi tufayli bu hududda ham yo‘llar berkitilgan.

Shahar atrofida kichik otishmalar davom etayotgani xabar qilingan. Harbiylar ma'lumotiga ko‘ra, shahar tashqarisidagi aerodromga o‘rnashib olgan jangarilarning kichik guruhi qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda.

Bundan oldinroq, Suriya armiyasi shaharni butunlay ozod qilgani va hududda harbiy harakatlar to‘xtatilgani haqida ma'lum qilingandi.

Hozirda shaharni hukumat armiyasi nazorat qilmoqda.

Palmira - YuNeSKOning insoniyat merosi ro‘yxatidagi 6ta tarixiy shahardan biri hisoblanadi.

Suriya armiyasi Palmirani to‘la ozod qildi

Ko‘proq yangiliklar: