Kaliforniya shtatining Santa-Barbara shahrida yashab kelgan, asli xitoylik bo‘lgan tabib Veydong Xan va uning oila a'zolari o‘ldirib ketilgan. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
U, 29 yoshli rafiqasi hamda 5 yoshli qizi o‘qotar qurol orqali o‘ldirilgan. Jasadlar oilaning uyida, yelim xaltalarga o‘ralgan holda topilgan.
Bu qotilliklarni sodir etishda gumon qilinib, 27 yoshli Per Haobsh qo‘lga olingan. Politsiyachilar uni San-Diyegodagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida qo‘lga tushirishgan. Uning mashinasida qurol hamda Xanlar oilasidan o‘marilgan mulk aniqlangan.
Tergovchilarning ma'lumotiga ko‘ra, qotillikka tabibning faoliyati sabab bo‘lgan. Xan 1991 yili Pekindan kelib Santa-Barbarada o‘z klinikasini ochgan. U tabiblar oilasi vakili bo‘lib, davolashda xitoy tabobatiga oid usullardan (igna bilan davolash va turli massajlar) foydalangan. Bundan tashqari, uning klinikasida mijozlar uchun turli giyohlar berilgan.