Microsoft kompaniyasi gologrammalar yordamida teleportatsiya qilish (biror narsaning bir joydan yo‘qolishi va uning bir onda boshqa joyda paydo bo‘lishi) usulini namoyish qildi. Bunday texnologiyalar " Yulduzlar janglari" filmida namoyish qilingan, deb xabar bermoqda The Verge nashri.
HoloLens loyihasi ishlab chiquvchilari "goloportatsiya"ni namoyish qilishdi. Gologramma yordamida teleportatsiya qilinadigan odam katta miqdordagi 3D-kameralar o‘rab olingan holda bir xonada bo‘ladi. Ular real vaqtda harakat va nutqni yozib olib, so‘ngra yozib olingan ma'lumot boshqa xonaga proyeksiyalanadi. Bu yerda HoloLens foydalanuvchisi o‘z suhbatdoshini ko‘rishi va u bilan harakatga kirishishi mumkin bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, Microsoft ushbu qurilmalarni ommaviy ravishda ishlab chiqarmoqchi.