AQSh Davlat kotibi Jon Kerri CBS telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQShning Suriyada ittifoqchisi emasligini, biroq Rossiya bilan hamkorlik AQShning strategik manfaatlariga to‘g‘ri kelishini aytdi.
"Rossiya Eron bilan yadroviy kelishuvga erishishga yordam berdi. Rossiya Suriyada kimyoviy qurolni yo‘q qilishga yordam berdi", deb aytdi Kerri.
Kerrining aytishicha, ayni vaqtda Rossiya Suriyada "o‘t ochishni to‘xtatish sulhini amalga oshirishda" yordam bermoqda.
"Agar Rossiya bu siyosiy o‘tishga haqiqatan ta'sir qilishda bizga yordam bera olsa, unda buning barchasi AQShning strategik manfaatlariga javob beradi", deb qo‘shimcha qildi Kerri.