Gari Lineker: «Futbolda 22 kishi o‘ynaydi, yakunda esa Germaniya 2ta to‘p ustunligini boy beradi»

Sport 11:38 / 27.03.2016 2308

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «sherlar»ning o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishganiga o‘z munosabatini bildira turib o‘zining o‘tgan asrda aytgan va mashhur bo‘lib ketgan jumlasiga o‘zgartirish kiritdi.

«Futbol — 22 kishi tomonidan o‘ynaladigan, yakunda Germaniya 2ta to‘p ustunligidan mahrum bo‘ladigan oddiy o‘yin», — deya yozadi Lineker o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, 1990 yilgi jahon chempionatidan keyin, Linekerning quyidagi aforizmi mashhur bo‘lgandi: «Futbol — oddiy o‘yin, maydonda 22 kishi o‘ynaydi, va yakunda nemislar g‘alaba qilishadi».

Ko‘proq yangiliklar: