27 martda Qizilo‘rdadan kelayotgan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti Ostona aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Aviakompaniya rahbari Nurlan Jumasultonovning aytishicha, samolyot sardorining bu vaziyatdagi harakatlari mutlaq to‘g‘ri bo‘lgan. "U samolyotning og‘irlik markazini orqaga o‘tkazib, samolyotni qo‘ndirdi. Aeroport bu paytda polosani ko‘pik bilan qoplagan. Samolyot tumshug‘i bilan 30 metr surilib borgan, u minimal shikastlar olgan. Samolyot qo‘mondoni Dmitriy Rodin shunqor, u barchasini to‘g‘ri qilgan", deb aytdi aviakompaniya rhbari. "Biz sardor va ikkinchi uchuvchini davlat mukofotiga taqdim qilmoqchimiz", deb aytdi Jumasultonov.
Bek Air aviakompaniyasining "Fokker-100" ekipaji sardori Dmitriy Rodin samolyotni old shassisiz qanday qo‘ndirganini gapriib berdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
"Bunday holat mening faoliyatimda birinchi bor bo‘ldi, biroq bu yana qaytarilishini istamasdim. Bu juda kam uchraydigan holat, mening omadim keldi. Men aviatsiyada 1981 yilda uchuvchilik bilim yurtini bitirganimdan beri faoliyat yuritaman. Turli kompaniyalarda ishlaganman. Bu kompaniyada men ikkinchi yil ishlamoqdaman", deb aytdi Rodin.
"Biz aeroportga yaqin keldik, shassini chiqarishni boshladik, biroq u chiqmadi. Bu muammo nimaga yuz bergani taftish qilinadi. Bu texnik nosozlikdir. Bunday holatlar uchun bizda ko‘plab ko‘rsatmalar bor va biz ularga muvofiq harakat qildik, ko‘rsatmaga ko‘ra qo‘nishga to‘g‘ri keldi. Samolyot tumshug‘ini oxirigacha ushlashga harakat qildim, u o‘zi sekin pastga tushdi. Faraz qiling, katta tezlikda asfaltga. Aeroport polosasiga ko‘pik quyishgan, bu standart jarayondir", deb qo‘shimcha qildi uchuvchi.