"YuTeyr" aviakompaniyasi 4 soatgacha davom etadigan reyslarda bepul yegulik berishni bekor qilmoqda

Jahon 19:40 / 26.03.2016 949

"YuTeyr" aviakompaniyasi 1 apreldan 4 soatgacha davom etadigan reyslarda yo‘lovchilarga bepul yegulik berishni bekor qilmoqda, deb aytildi aviakompaniya taqdimotida.

Shuningdek, aviakompaniyaning bunday reyslarida yo‘lovchilarga sendvich, snek, yaxna va issiq ichimliklar sotish mo‘ljallanmoqda. 5 soatdan uzoqroq davom etuvchi reyslarda esa yo‘lovchilarga belgilangan ratsionga muvofiq bepul yegulik beriladi.

O‘tgan yil oxirida aviakompaniya Light tarifi – tejamkor-sinfdagi, yuk tashilishini ko‘zda tutmaydigan arzon chipta kiritilishini e'lon qilgandi. Tarif ichiga 10 kg gacha qo‘l yukini olib yurish kiritilgan. "Gibkiy" va "Standart" tariflariga esa 23 kg gacha yukning bepul tashilishi kiritilgan.

"YuTeyr" taqdimotida me'yordan ko‘proqni tashkil qilgan yukka narxlar ham keltirilgan. Misol uchun, barcha reyslarda, Uzoq Sharq va Markaziy Osiyoga reyslardan tashqari, salonda hayvon yoki sport anjomini tashish 2 ming rubl turadi. O‘lchovlar oshib ketganda ham shuncha haq to‘lashga to‘g‘ri keladi. 23 kg dan oshib ketgan yukka 32 kg gacha bo‘lsa, 2 ming rubl, 32 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan yukka esa 4 ming rubl to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, aviakompaniya 1 apreldan tejamkor-sinfda oyoqlar uchun kengaytirilgan joyni tanlash xizmati kiritilmoqda. Yo‘lovchi uchun bunday joy 1,5 ming rubl yoki 20 yevro evaziga taqdim qilinadi. Shu bilan birga "Yuteyr" bonus tizimining Gold yoki Silver plastik kartalari egalariga bu xizmat bepul taqdim qilinadi.

"YuTeyr" aviakompaniyasi Rossiyaning 3-raqamli yirik aviatashuvchisi hisoblanadi. 2014 yil yozda kompaniya sarf-xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha dasturning joriy qilinishini e'lon qilgandi. Dasturda boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish, yo‘nalishlar tarmog‘ini optimallashtirish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: