Yaponiyada Tokio bilan shimoliy Xokkaydo orolini bog‘lovchi tezkor poyezdlar liniyasi ishga tushirildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Xokkaydo oroli gubernatori Xarumi Takaxasi sayyohlar sakura gullagan vaqtda yangi temir yo‘ldan faol foydalanishlariga umid bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, yangi temir yo‘l liniyasi aviatashuvlarga nisbatan vaqt va narx borasida kamchiliklarga egadir. Misol uchun, poyezdda bir tomonga chipta narxi 22 ming yyenni (200 dollarni) tashkil qiladi, bu esa ushbu yo‘nalishdagi ba'zi arzon aviachiptalardan qimmatroqqa tushmoqda. Poyezdning yo‘lni bosib o‘tishi uchun 4 soatdan ko‘proq vaqt talab etiladi, bu orada samolyot bu yo‘lni 1,5 soatda bosib o‘tadi.