Yamandagi portlashlar oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Jahon 10:34 / 26.03.2016 1564

Yamanning Adan shahrida terrorchi-xudkushlarning uchta hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat harbiy tuzilmalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi.

Manbaning aytishicha, hujumlardan ikkitasi Yamanning vaqtinchalik poytaxti bo‘lib turgan Adanning g‘arbidagi Ash-Sha'b tumanidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktida amalga oshirilgan. Xudkushlar ikkita minalashtirilgan avtomobilni portlatgan.

Yana bir portlash Adanning markazidagi Al-Mansura tumanida sodir etilgan: Saudiya Arabistoni va BAA qurolli kuchlari bazasiga ketaverishdagi yo‘lda joylashgan nazorat-o‘tkazish punktida minalashtirilgan tez yordam mashinasini portlatib yuborilgan.

Portlashlardan keyin o‘nlab jangarilar bazani bosib olishga harakat qilgan, biroq trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarilgan BAA qurolli kuchlari samolyot va vertolyotlari terrorchilarning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Adandagi shifoxona vakilining aytishicha, halok bo‘lganlar orasida oddiy fuqarolar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shuningdek, 15 kishi yaralangani ma'lum qilingan.

Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: