Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan «Ucell sumalak—2016» loyihasi bu yil O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida bo‘lib o‘tdi. U nafaqat geografiyasini kengaytirdi, balki o‘z dasturini ham yangiladi. Farg‘ona, Andijon, Namangan, Guliston, Navoiy, Qarshi shaharlarida, Jizzax viloyatining Jizzax tumanida, Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi mahalla guzarlarida mohir pazandalar doshqozonlarda Navro‘zning bosh taomi — sumalakni pishirdi. Va an'anaga ko‘ra, u pishirilgan kunda bayramona, ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilinib, mashhur laparlar ijro etildi, folklor san'ati namoyish qilindi, xalq orasida ommabop bo‘lgan askiyalar jarangladi. Ucell’ning har bir tashabbusida bo‘lgani kabi, eng faol, eng yaxshi ishtirokchilar kompaniya tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
«Bizning mahallamiz yangi, — dedi Jizzax tumani «Qo‘shbarmoq» fuqarolar yig‘ini rahbari Xosiyat Hayitova. — U yerda yangi namunaviy qishloq uylari barpo etilgan. Ucell kompaniyasi aynan bizning mahallada sumalak pishirayotganidan xursandmiz. Qo‘lga kiritilgan sovg‘alar esa fuqarolarimizga mobil operatorning ushbu xayrli tashabbusi haqida uzoq vaqt eslatib turadi».
Ucell sumalagi tarqatilgan kun ham qiziqarli hodisalarga boy bo‘ldi. Hududlarning 15 mingdan ziyod aholisi, rivoyatlarga ko‘ra, odamga kuch bag‘ishlab, uni quvvat bilan to‘ldiradigan, xushbo‘y va chin yurakdan tayyorlangan taomni tatib ko‘rdi.
«Juda mazali ne'mat, — dedi farg‘onalik Damira To‘xtasinova. — Ucell aholini Navro‘z bilan shu yo‘sinda tabriklayotgani ushbu kompaniya o‘z abonentiga shunchaki g‘amxo‘rlik qilishini bildirmaydi. Bunday tashabbus Ucell’ning O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an'analariga bo‘lgan katta hurmatini ta'kidlaydi».
«Ucell’ning sumalagiga qanchalab kishilar kelganiga e'tibor qarating, — deya mavzuni davom ettirdi Namangan shahridagi Mashrab nomli mahalla raisi Dilbarxon Abdullayeva. — An'anaviy xalq qo‘shiqlaridan tashqari, bu yerda jahon mumtoz musiqasi ham yangramoqda. Bu ko‘p millatli O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun Navro‘z uzoq kutilgan bayram ekanligidan dalolat beradi. Biz Ucell’dan bahorni munosib tarzda kutib olish imkonini bergan loyiha uchun minnatdormiz».
«Mahallamizning barcha aholisi sumalakni tayyorlashda qatnashdi, — dedi Gulistondagi «Sayqal» mahallasi raisi Xoldor Soliyev. — Ucell esda qolarli bayramni uyushtirdi, bu bizga boy an'analarimiz haqida yana bir bora eslatdi. Axir ularda xalqimizning ma'naviyati, madaniyati aks etgan. Biz ularni keyingi avlod uchun asrab-avaylashimiz kerak».
«Sumalak sayli—2016» doirasida bayram ishtirokchilari o‘rtasida Navro‘z an'analari, shuningdek, Ucell kompaniyasi faoliyati tarixi bo‘yicha viktorinalar ham tashkil qilindi. Operatorning qimmatbaho va esdalik sovg‘alari o‘ynaldi.
«Kompaniya doim o‘z abonentlari uchun manfaatli xizmatlar va tariflarni taklif qiladi, — dedi Andijon viloyati Shahrixon tumani fuqarosi Hojiakbar Mo‘minov. — Men doimiy ravishda kompaniya yangiliklarini kuzatib boraman. Shuning sharofati bilan viktorinadagi savollarga to‘g‘ri javob berib, smartfon yutib olishga muvaffaq bo‘ldim. Men bu yil 20 yoshga to‘laman, va Ucell’dan bunday mukofotni qo‘lga kiritganimdan xursandman».
«Rostini aytsam, smartfon yutib olishga umid qilmagandim, — deya e'tirof etdi qarshilik Mahmud To‘lanov. — Ammo Ucell aloqa xizmatidan foydalanuvchilarga doim omad kulib boqadi. Bu kun xotiramda uzoq saqlanadi».
Boysun tumanida esa smartfon va kir yuvish mashinasini tajribali chavandozlar qo‘lga kiritdi. 70 va 80 yoshli aka-uka Ibrohimovlar ko‘pkari musobaqasida g‘olib chiqib, 200 ishtirokchi orasida kompaniya sovrinlariga ega bo‘ldi.
Ucell kompaniyasining Korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Rodika Verbenyuk ta'kidladi: «Bizning kompaniyamiz mamlakat madaniy merosini qo‘llab-quvvatlaydi, uni keyingi avlod uchun asrab-avaylaydi. ‘Navro‘z’ fors tilidan tarjima qilinganida ‘yangi kun’ degan ma'noni bildiradi va u yer yuzidagi eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi. Ucell Sumalak o‘tkazilgan har bir hudud aholisi milliy odatlarga hayajon bilan munosabatda bo‘lib, uni o‘z bolalariga o‘tkazishi menga qalbimning tub-tubigacha ta'sir qildi. Bizning Sumalak bayramimiz O‘zbekistondagi har bir oilaga umid va tinchlik-xotirjamlik hadya etsin!»
Ucell kompaniyasi viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimiyatlariga «Ucell sumalak sayli—2016» loyihasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani va unda faol qatnashgani uchun alohida minnatdorlik izhor etadi.
Reklama huquqi asosida