AQShning Texas shatatida yashovchi besh yashar qizcha basseynda cho‘kib ketishiga bir bahya qolgan onasini qutqarib qoldi. Ayol suvdaligi paytida yuragi xuruj qilib qoladi. Onasining ahvoli yomon bo‘lib qolganini ko‘rgan qizcha o‘zini suvga otadi.
U yordam chaqirgancha, onasini suvdan olib chiqishga harakat qiladi. Qizchaning ovozini eshitgan kattalar yugurib kelishadi. Ular ayolni basseyndan chiqarib olishadi va tez yordam chaqirishadi.
Ma'lum qilishlaricha, ayni damda ayolning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.