Suares urgan golini vafot etgan shifokoriga bag‘ishladi

Sport 17:57 / 26.03.2016 1177

Urugvay terma jamoasi a'zosi Luis Suares Braziliyaga qarshi kechgan o‘yinda (2:2) urgan golini JCh-2014 oldi uning tuzalib ketishiga yordam bergan shifokori, fizioterapevt Valter Ferreyrga bag‘ishladi.

Ferreyra Suaresning tezroq oyoqqa turib ketishi uchun saratonga qarshi kurslarga borishini kamaytirgandi ham. Oxir-oqibat fizioterapevt ana shu kasallikdan vafot etdi.
Goldan so‘ng Suares ustiga shifokorning surati tushirilgan futbolkani qo‘liga olib, uni tribunaga ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: