Shveytsariya brendi bolalar soatini superqahramonlarga aylantirdi

Fan-texnika 15:35 / 26.03.2016 1795

Shveytsariyaning "Flik Flak" brendi bolalar uchun yangi soatlar to‘plamini ishlab chiqardi. Soatlar bolalarning sevimli komikslari qahramonlari — Betmen va Supermenga bag‘ishlangan. Ular 5 yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarning fikricha, yirik raqamlar vaqtni to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.

Soatlar qora-ko‘k rangda ishlangan bo‘lib, ularning siferblatida superqahramonlar tasviri tushirilgan.

"Flik Flak" Swatch Group tarkibiga kiradi, brend 1987 yilda qayd etilgan. Zarbbardosh soatlar shveysar kvars mexanizmida ishlaydi, matoli ushlagichlari esa 40 gradusgacha bo‘lgan haroratda yuviladi.

"Betmen Supermenga qarshi: Adolat yoqasida" filmi 24-martdan katta ekranlarga chiqdi. "Po‘lat odam" filmining davomi bo‘lgan ushbu filmni "300 spartaliklar, "Taqiqlangan uslub" kinoasarlari muallifi Zak Snayder suratga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: